TshIU talabalari jamoasi Open Data Challenge 2021 xakatonida ikkinchi o‘rinni egalladi

2021-yilning 28-dekabr kuni Toshkent shahrida “Open Data Challenge 2021” xakatoni g‘oliblarini va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari jamoasi “Ancor” loyihasi bilan “Korrupsiyaga qarshi kurash” yo‘nalishida ikkinchi o‘rinni egalladi.
Ushbu loyiha AI va Big Data yordamida tranzaksiyalarni kuzatish va skanerlash tizimini tashkil etadi.
IT Park va O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan YEXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori, Dubay Future Foundation, IT Academy, O‘zbekiston Respublikasi yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va O‘zbekiston Respublikasi davlat statistika qo‘mitasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu xakaton 2021-yil 3-dekabrdan 5-dekabrga qadar bo‘lib o’tdi.
Talabalarimiz jamoasini tabriklaymiz va yangi yilda yangi zafarlar tilaymiz!