TShIU va ETRI rahbariyatining uchrashuvi bo’lib o’tdi

14-fevral kuni Koreyada xizmat safarida bo‘lgan Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov ETRI kompaniyasi ijrochi vitse-prezidenti janob Sung Von bilan uchrashdi.
Uchrashuvda tomonlar ilmiy-tadqiqot markazini ochish, Toshkent shahridagi Inha universitetida sun’iy intellekt tadqiqotlari bo‘yicha ETRI laboratoriyasini tashkil etish va bunga o‘qituvchilarni jalb etish, qo‘shma master darslar va seminarlar tashkil etish rejalarini muhokama qildilar.
Elektron va telekommunikatsiya tadqiqot instituti (ETRI) davlat tomonidan moliyalashtiriladigan notijorat tadqiqot instituti hisoblanadi. 1980-yillarda ETRI TDX (Time Division Exchange) va 4M DRAM (Dynamic Random Access Memory) ni ishlab chiqqan institut hisoblanadi.