TshIU  va Geotwo Co Ltd (Koreya) kompaniyasi  rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

2022-yilning 17-fevral kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida «Geotwo Co Ltd» (Koreya Respublikasi) rahbariyati bilan Zoom uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda TshIU rektori Muzaffar Djalalov, «Geotwo» kompaniyasi vitse-prezidenti Kim Young Gab va ikki tashkilotning top-menejerlari ishtirok etdi.
Uchrashuvda biznes-jarayonlar autsorsingini (BPO) rivojlantirish, shuningdek, O‘zbekiston IT-mutaxassislarini, xususan, Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalarini BPO loyihalariga jalb etish masalalari muhokama qilindi.
«GEOTWO CO LTD» –  2000-yilda tashkil etilgan mustaqil geoaxborot kompaniyasi boʻlib, Koreyadagi yetakchi geografik va fazoviy axborot sanoati hisoblanadi. «GEOTWO solutions» Amerikaning ESRI ishlab chiqaruvchisidan bo’lgan  mashhur ArcGIS dasturiy mahsulotining analogi boʻlib, Koreya Respublikasi va boshqa mamlakatlarning davlat idoralarida muvaffaqiyatli joriy etilgan.