TShIUda O‘zbekiston-Koreya forumi bo‘lib o‘tdi

2022-yilning 28-noyabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida ikki davlat o‘rtasidagi elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sohasidagi hamkorlikka bag‘ishlangan O‘zbekiston-Koreya Forumi – 2022 bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat edi: O‘zbekiston Respublikasi va Koreya o‘rtasida raqamli hukumat sohasida tajriba va bilim almashish, shuningdek, raqamli hukumat – 2022 sohasida hamkorlik loyihasi natijalari bilan tanishish.
Forumda O‘zbekiston Respublikasi AKTni rivojlantirish vaziri o’rinbosari Egamberdiyev Jamshid Sharifjonovich ,Koreya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchisi Kim Hee Sang,  O‘zbekiston va Koreyaning elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot bo‘yicha ekspert guruhi rahbari Ko Taek-Jin hamda bir qator ekspertlar ishtirok etdi.
Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Koreya Respublikasi Ichki ishlar va xavfsizlik vazirligi, Koreya axborot jamiyati milliy agentligi (NIA) hamda Toshkent shahridagi Inha universiteti bilan hamkorlikda tashkil etildi.