TshIUda Talabalar uyushmasi prezidenti saylovi boshlandi

 

8-noyabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida TshIU talabalar uyushmasi prezidenti saylovining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Universitet prorektorlari Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalar uyushmasi prezidentligiga nomzodlar bilan ingliz, rus va o‘zbek tillarida og‘zaki suhbat o‘tkazdilar. Talabalarga ularning maqsad va rejalari haqida savollar berildi.

Suhbat natijalariga ko‘ra 5 nafar nomzoddan 3 nafar talaba ushbu bosqichdan o‘tdi.

Ular:
1. Yan Sergey (4-kurs talabasi)
2. Axrorov Romiz (3-kurs talabasi)
3. Odil Rahimjonov (2-kurs talabasi)

Nomzodlar o‘z nomzodi uchun saylovoldi targ’ibot va tashviqot ishlarini boshlaydilar va ertaga ochiq bahslarda ishtirok etadilar.