“O‘zbekiston telekanali” orqali hamda ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh ekstremist yoshlar terakt uyushtirmoqchi bo‘lgani, buning uchun portlovchi moslamani yasashda INHA talabasi ham ishtirok etganligi to‘g‘risidagi videolavha va ma’lumot tarqatildi.

⚡️ “O‘zbekiston telekanali” orqali hamda ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh ekstremist yoshlar terakt uyushtirmoqchi bo‘lgani, buning uchun portlovchi moslamani yasashda INHA talabasi ham ishtirok etganligi to‘g‘risidagi videolavha va ma’lumot tarqatildi.

“O‘zbekiston telekanali”gi videolavhada o‘zini Toshkent shahridagi Inha universiteti talabasiman, deb iddao qilgan Izzatilla Zaynutdinov 2021/2022-oquv yilida Inha universiteti birinchi kursiga qabul qilingan. Biroq ushbu talaba universitetda yaxshi oqimaganligi, o‘qish davrida fanlarni o‘zlashtira olmaganligi sababli  o‘z xohishiga asosan 2022-yilning fevral oyida talabalar safidan chiqarilgan. Ushbu talaba birinchi kursning 1-semestrini ham yakunlay olmagan.

❗️Voqea sodir bolgan vaqtda Izzatilla Zaynutdinov Inha talabasi bolmagan.

Bu kabi notogri ma’lumotlar bilan Toshkent shahridagi Inha universitetining nufuziga salbiy ta’sir korsatmasligingizni soraymiz.