Notiqlik tanlovi orqali Koreyaga sayohat qilish imkoniyati

20-iyun kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida notiqlik mahorati bo‘yicha ajoyib tanlov bo‘lib o‘tdi. Barcha ishtirokchilar Koreyaga sayohatni yutib olish uchun noyob imkoniyatga ega bo’ldilar!
Ushbu tanlov Toshkent shahridagi Inha universiteti qoshidagi Tashkent 2 Sejong instituti tomonidan, koreys tilini o‘rganuvchilar uchun tashkil etildi.
  Barcha ishtirokchilar yuqori darajadagi tayyorgarlik va o‘zini-o‘zi taqdim etishning o‘ziga xos uslubini namoyish etdilar.
Tanlov natijalariga ko‘ra g‘oliblar aniqlandi:
1-o‘rin Umarova Oydin – Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan Koreyaga sayohat. Barcha xarajatlar Koreyadagi King Sejong fondi tomonidan qoplanadi
2-o‘rin Ahmedov Bahora va 3-o‘rin Muratova Sanam –esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar
Barcha ishtirokchilarga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz! Siz o‘z ishtirokingiz va iste’dodingiz bilan tanlovning muvaffaqiyatli o‘tishiga hissa qo‘shdingiz.